11 iyul 2026

Ingliz tilini o‘rganish uchun yangi avlod MultiLevel ilovalari ishlab chiqilmoqda

Ingliz tilini o‘rganish uchun yangi avlod MultiLevel ilovalari ishlab chiqilmoqda
Biz ingliz tilini zamonaviy va samarali usulda o‘rganish uchun 4 ta yangi loyiha ustida faol ish olib bormoqdamiz. Loyiha tarkibiga Speaking - MultiLevel, Reading - MultiLevel, Writing - MultiLevel hamda MultiLevel Pro ilovalari kiradi. Mazkur ilovalar sun'iy intellekt (AI) texnologiyalari asosida ishlab chiqilmoqda. Foydalanuvchilar o‘z bilim darajasini baholash, muntazam testlar yechish, xatolarini tahlil qilish va ingliz tili ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, platforma IELTS va boshqa xalqaro sertifikat imtihonlariga tayyorlanayotganlar uchun ham qulay yechim bo‘ladi. Maxsus baholash tizimi orqali foydalanuvchilar hozirgi bilim darajasiga qarab imtihondan taxminan necha ball olishi mumkinligini oldindan bilishlari mumkin. Bizning asosiy maqsadimiz — sun'iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda har bir foydalanuvchi uchun shaxsiy o‘quv muhitini yaratish va ingliz tilini o‘rganish jarayonini yanada oson, qiziqarli hamda samarali qilishdir. Tez orada ilovalarning ilk sinov versiyalari taqdim etiladi. Yangiliklarni kuzatib boring!
← Barcha yangiliklar